locale OZ

«Leypsig» Diomand uchun «Liverpul»dan 100 million yevrodan koʻproq mablagʻ talab qilmoqda

Ivuarlik futbolchining Bundesliga vakili bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Leypsig» Diomand uchun «Liverpul»dan 100 million yevrodan koʻproq mablagʻ talab qilmoqda
FOTO: Getty Images

Germaniyaning «RB Leypsig» klubi endilikda «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirayotgan vinger Yan Diomand uchun 100 million yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qilmoqda. Bu haqda jurnalist Filipp Xayns xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Bundesliga vakili endi futbolchini sotish orqali moliyaviy holatini yaxshilab olishga ehtiyoj sezmayapti. Bunga jamoaning kelasi mavsum uchun UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga yaqin turgani sabab bo‘lmoqda. Turnirda ishtirok etish uchun beriladigan to‘lovlar klub budjetini sezilarli darajada to‘ldirish imkonini beradi.

Chempionat yakunlanishiga to‘rt tur qolganda «RB Leypsig» 59 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Bundan tashqari, «Leypsig» Diomandning shartnomasini qayta ko‘rib chiqishni va uning maoshini oshirishni rejalashtirmoqda. Klub ivuarlik futbolchini kamida yana bir mavsum — 2027 yilning yoziga qadar o‘z safida saqlab qolish niyatida. Shunga qaramay, Diomand «daxlsiz» o‘yinchi hisoblanmaydi. Hammasi kelib tushadigan takliflarning qay darajada bo‘lishiga bog‘liq.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting