Lewandowski Polsha terma jamoasiga qaytadi
Photo: Getty Images
“Barselona” hujumchisi Robert Lewandowski Polsha terma jamoasiga qaytishga qaror qildi. Bu haqda Goal.pl nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 36 yoshli hujumchi Yan Urban milliy jamoaga bosh murabbiy etib tayinlangach, yana terma jamoa safida to'p surishga rozi bo'lgan.
Lewandowski terma jamoaga qaytish uchun hech qanday shart qo'ymagan, hatto sardorlik bog'ichi borasida ham hech qanday talab bildirgan emas. Manbaga ko'ra, bu masala keyinchalik muhokama qilinishi mumkin, biroq hujumchi ayni paytda hech narsani da'vo qilmayapti.
Ma'lumot uchun, Lewandowski 2008 yilda, 20 yoshida Polsha terma jamoasida debyut qilgan. U shu kungacha milliy jamoa safida 158 ta o'yinda maydonga tushib, 85 ta gol muallifiga aylangan.
Bahrom Bobonov
Redaktor