«Levante» Metju Ryan bilan shartnoma imzoladi
Фото: Леванте
Ispaniyaning “Levante” klubi Avstraliya terma jamoasi darvozaboni Metju Ryanni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Posbon bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, tomonlar uni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega.
2025 yilda Ryan “Lans” bilan Liga 1da 14 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 17 ta gol o‘tkazib yubordi. O‘z vaqtida u “Arsenal”, “Roma”, “Valensiya”, “Brayton” va boshqa klublarda ham to‘p tepgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist