locale OZ

Levandovski yangi klubi bilan muzokara o'tkazmoqda

Polshalik hujumchi okean ortiga yo'l olishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski yangi klubi bilan muzokara o'tkazmoqda
ФОТО: Getty images

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski 2026 yilda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Jurnalist Nizaar Kinsellaning xabar berishicha, polshalik 37 yoshli forvard faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

Unga "Chicago Fire" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. MLS klubi polshalik futbolchi bilan "ijobiy" muzokaralar o'tkazgan.

Qayd etilishicha, "Chicago Fire" Levandovskining maosh borasidagi talablarini muammosiz qondirishi mumkin.

Joriy mavsumda Robert Levandovski "Barselona" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting