locale OZ

Levandovski Polsha terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Murabbiy bilan futbolchi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski Polsha terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Photo: Getty Images

Robert Levandovski Polsha terma jamoasidagi faoliyatini to‘xtatdi. “Barselona” hujumchisi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

"Polsha bosh murabbiyiga ishonch yo‘qolganini hisobga olib, murabbiy ketmaguncha terma jamoada o‘ynashdan voz kechishga qaror qildim.

Kelajakda yana dunyodagi eng yaxshi muxlislar uchun o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lishimga umid qilaman", — deb yozdi Levandovski.

Polsha ustozi Mixal Probej 2023 yil sentyabrida terma jamoada ish boshlagandi. Uning boshqaruvida polyaklar Evro-2024 musobaqasidan birinchi bo‘lib chiqib ketdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting