locale OZ

Levandovski MLSda Messidan keyingi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi

Polshalik yulduz AQSh klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski MLSda Messidan keyingi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi
Foto: Getty Images

Polshalik hujumchi Robert Levandovski “Chikago Fayr” safida yuqori maosh oladigan futbolchilardan biriga aylanadi.

Manbaga ko‘ra, Levandovski AQSh klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va mavsumiga 20 mln dollar ishlab topadi.

Ushbu summa bonuslar hamda reklama kampaniyalaridagi ishtirokni ham o‘z ichiga oladi. Shu tariqa, polshalik forvard MLSda Lionel Messidan keyingi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi kutilmoqda.

Levandovski “Chikago Fayr” loyihasining markaziy figurasi bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Klub tajribali hujumchi atrofida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Avvalroq Robert Levandovski 2022-yildan buyon “Barselona” sharafini himoya qilib kelayotgandi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting