Levandovski MLS’da debyut qildi
Uning jamoasi mag‘lub bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
MLS USA
22.07.2026, Yak.
Inter Miami CF
3
Chicago Fire FC
2
23 iyul kuni MLS muntazam chempionati doirasida “Inter Mayami” o‘z maydonida “Chikago Fayr”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Levandovski MLS’dagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.
Mezbonlar safida Luis Suares 27 va 51-daqiqalarda, Preston Plambek esa 87-daqiqada gol urdi. Suaresning dastlabki goli penaltidan kiritildi.
Ushbu bahsda polyak hujumchisi Robert Levandovski MLS’dagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. U 62 daqiqa harakat qildi, ammo gol urishga erisha olmadi. Uning debyuti aslida 17 iyul kuniga rejalashtirilgan edi, biroq Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida havo sifati yomonlashgani sababli “Vankuver”ga qarshi uchrashuv bekor qilingandi.