Levandovski Gamper kubogini o‘tkazib yuboradi
Photo: Getty Images
Robert Levandovski jarohati tufayli Gamper kubogini o‘tkazib yuboradi.
Klub rasmiy sayti xabar berishicha, "Barselona"ning 36 yoshli hujumchisi chap oyog‘i sonining orqa qismidan jarohat olgan. Uni tarkibga qaytarish muddatlari aniq belgilanmagan.
Levandovski o‘tgan mavsum La Ligada 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 27 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Joan Gamper kubogi 10 avgust kuni o‘ynaladi. Kataloniya klubi Italiya"ning "Komo" klubiga qarshi maydonga tushadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor