Levandovski futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin — manba
Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2025/26-yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
Polshalik hujumchi Robert Levandovski “Barselona” bilan yangi shartnoma imzolamasa, futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2025/26-yilgi mavsum yakunigacha amal qiladi. 37 yoshli forvard “Barselona”da qolishni xohlamoqda va imkon bo‘lsa, zaxira futbolchisi sifatida o‘ynashga ham tayyor. Ammo klub hujumchi bilan shartnoma uzaytirish borasida bir qarorga kelmagan.
Xabarlarga ko‘ra, tajribali hujumchi Saudiya Arabistoni klublaridan moliyaviy yaxshi takliflar olgan, biroq Robert Yevropada qolib, faoliyatini shu yerda davom ettirishni istamoqda.
Joriy mavsum Levandovski “Barselona” safida jami 12 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist