Levandovski: «Chempionlikni rasman qoʻlga kiritmagunimizcha, bu haqda gapirmaslik kerak»
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski jamoasining ehtimoliy chempionligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Agar Madridning «Real» klubi 3 may kungi «Espanyol»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotsa, kataloniyaliklar muddatidan avval La Liga g‘olibiga aylanishi mumkin. Aks holda, titul taqdiri 10 may kuni bo‘lib o‘tadigan «El-Klasiko»da hal bo‘lishi kutilmoqda.
«La Ligada g‘alaba qozonish — bu ajoyib voqea, Barselonaning bosh ko‘chasi juda go‘zal. Ammo chempionlikni rasman rasmiylashtirmagunimizcha, bu haqda ko‘p gapirmaslik kerak», — deya Levandovskining so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.
La Liganing 34-turidan so‘ng «Barselona» 88 ochko jamg‘argan holda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan Madridning «Real» klubi hisobida 74 ochko mavjud, biroq «qirollik klubi» zaxirasida yana bitta uchrashuv bor.