Levandovski «Barselona» safida 150-uchrashuvini o‘tkazdi
U 2022 yildan beri Kataloniya safida to‘p surmoqda.
ФОТО: Getty images
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoa safida jami 150 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Polshalik 37 yoshli futbolchining yubiley uchrashuvi yakshanba kuni "Valensiya"ga qarshi o‘tkazildi (6:0).
Levandovski 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, 76 va 86-daqiqalarda esa "ko‘rshapalaklar" darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi. Yulduz hujumchi "ko‘k-anorranglilar" safida barcha musobaqalarda 150 ta o‘yinda jami 103 ta gol urgan, shuningdek, 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Robert Levandovski "Barselona"ga 2022 yilning yozida "Bavariya"dan ko‘chib o‘tgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist