Levandovski «Barselona» La Ligadagi asosiy maqsadiga to'xtaldi
La Liganing 34 ta o‘yinidan so‘ng “Barselona” 88 ochko to‘plagan.
ФОТО: Getty images
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski jamoaning joriy mavsum Ispaniya chempionatida qanday maqsadni ko‘zlayotgani haqida gapirdi. Shanba kuni, 2-may sanasida ko‘k-anorranglilar La Liganing 34-tur uchrashuvida “Osasuna”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Polshalik forvard 81-daqiqada hisobni ochdi.
“Maqsad — 100 ochko to‘plash uchun barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish. La Ligada g‘olib bo‘lsak ham, qolgan o‘yinlarda yutishimiz kerak”, — deya Levandovskining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
La Liganing 34 ta o‘yinidan so‘ng “Barselona” 88 ochko to‘plagan. Ikkinchi o‘rinda 74 ochko bilan Madridning “Real” klubi bormoqda, ularning zaxirada bitta o‘yini bor.