Levandovski «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmaydi – manba
ФОТО: Getty images
"Barselona" 37 yoshli hujumchi Robert Levandovski bilan 2026 yilning yozida yakunlanadigan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi ham jamoani tark etish niyatida. “Barselona” iqtisodiy muammolar sababli polyak hujumchini yangi transferlar emas, balki ichki resurslardan foydalanib almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Klub 25 yoshli Ferran Torresdan doimiy ravishda hujumchi sifatida foydalanish variantini o‘rganmoqda.
O‘tgan mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 52 ta o‘yin o‘tkazib, 42 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Torres esa barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi hamda 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist