locale OZ

Levandovski: Balki Nyukasl uchun gol urish juda oson bo‘lgandir

Polshalik hujumchi Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Levandovski: Balki Nyukasl uchun gol urish juda oson bo‘lgandir
photo: Google

«Barselona»ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Kataloniyaliklarning «qarg‘alar» ustidan qozongan 7:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan bahsdan so‘ng hujumchi shunday dedi:

«Men juda baxtliman, o‘zim va jamoam bilan faxrlanaman. Biz bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ydik va ehtimol, «Nyukasl» uchun gol urish juda oson bo‘lgandir, ammo agar raqib darvozasiga yettita gol kiritsang, o‘yindan to‘liq mamnun bo‘lishing mumkin», — deya Levandovskining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Barça Universal.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting