Levandovski APL klubiga o'tishi mumkin
37 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan mehnat shartnomasi kelasi yildayoq o'z nihoyasiga yetadi.
ФОТО: Getty images
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Indykaila News xabariga ko'ra, nomi oshkor etilmagan ingliz klubi polyak futbolchiga bir yillik shartnoma taklif qilgan. Hozircha tafsilotlar ma'lum emas.
Shuningdek, “Milan” va Saudiya klublari ham Levandovskini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.
Eslatib o'tamiz, 37 yoshli futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan mehnat shartnomasi kelasi yildayoq o'z nihoyasiga yetadi.
Robert Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida 12 ta o'yinda 7 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist