Levandovski «Al-Hilol\" bilan kelisha olmadi
Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
ФОТО: Getty images
Robert Levandovski hozircha "Al-Hilol" bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" hujumchisi faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda. 37 yoshli forvardga Saudiya Pro-ligasi klublari, shuningdek MLS jamoalari tomonidan qiziqish mavjud. Biroq futbolchi hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan.
Shuningdek, "Barselona" va Levandovski o‘rtasida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar vaqtincha to‘xtatilgani aytilmoqda.
Joriy mavsumda polyak hujumchisi 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq xabar qilinganidek, "Al-Hilol" Levandovskiga yiliga 90 million yevro maosh taklif qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist