locale OZ

«Lester Siti» Angliyaning uchinchi divizoniga tushib ketdi

«Tulkilar» 2015/2016 yilgi mavsumda APL chempioni boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Lester Siti» Angliyaning uchinchi divizoniga tushib ketdi
FOTO: Getty Images

«Lester» Angliyaning uchinchi divizioniga tushib ketdi. Chempionshipning 44-turidan so‘ng «tulkilar» 42 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining oxirgi oldi — 23-pog‘onasini egallab turibdi. Turnir yakuniga qadar ikki tur qoldi. 21-o‘rinda borayotgan «Blekbern Rovers» esa 44 ta uchrashuvda 49 ochko to‘plagan. Shu tariqa, «Lester» ligada qolish uchun matematik imkoniyatlarini butunlay yo‘qotdi.

O‘tgan mavsumda «tulkilar» Angliya Premyer-ligasida ishtirok etishgan edi. Chempionat yakuniga ko‘ra jamoa 25 ochko bilan 18-o‘rinni egallab, Chempionshipga tushib ketgandi.

Fevral oyida 2023/2024 yilgi mavsumdagi moliyaviy barqarorlik va foyda ko‘rish qoidalarini buzgani uchun klubdan olti ochko olib tashlangan edi.

Ma’lumot uchun, 2015/2016 yilgi mavsumda «Lester» Angliya chempioni bo‘lgan edi. O‘shanda Klaudio Ranyeri shogirdlari 38 turda 81 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi «Arsenal»ni 10 ochkoga ortda qoldirgan holda g‘oliblikka erishgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting