locale OZ

Leroy Sane “Galatasaray”dagi rolidan norozi

30 yoshli germaniyalik futbolchi bu boradagi noroziligini klub rahbariyatiga bildirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leroy Sane “Galatasaray”dagi rolidan norozi
Foto: Getty Images

“Galatasaray” vingeri Leroy Sane jamoada olayotgan o‘yin vaqtidan norozi. Daily Sabah ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi bu boradagi noroziligini klub rahbariyatiga bildirgan.

Sane Turkiya chempionatining yangi mavsumidagi dastlabki uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Keyingi ikki bahsda esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jami 41 daqiqa harakat qilgan. Mavsumning dastlabki uch o‘yinida u gol yoki assist qayd eta olmadi.

Shuningdek, Rafael Leauning “Galatasaray”ga kelishi Sanening xavotirini yanada oshirgan. Portugaliyalik futbolchining transferi hujum chizig‘idagi raqobatni kuchaytirgan va germaniyalik vingerning asosiy tarkib uchun kurashini murakkablashtirishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Sane “Galatasaray”ga 2025-yil yozida erkin agent sifatida qo‘shilgan va klub bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Kelishuvga ko‘ra, uning yillik kafolatlangan maoshi 9 million yevroni tashkil etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting