locale OZ

Leonardo Spinatsola: «Bu butun Italiya uchun katta zarba bo‘ldi»

Italiya milliy jamoasi himoyachisi Bosniya va Gertsegovinadan uchralgan magʻlubiyat haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leonardo Spinatsola: «Bu butun Italiya uchun katta zarba bo‘ldi»
FOTO: Getty Images

Italiya milliy terma jamoasi himoyachisi Leonardo Spinatsola JCh-2026 saralashining pley-off bosqichi finalida Bosniya va Gersegovinadan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:1, penaltilar seriyasi — 1:4) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz ushbu g‘alaba uchun bor kuchimiz bilan kurashdik va o‘yin taqdirini hal qilish uchun 3-4 ta qulay imkoniyatga ega bo‘ldik. Bu biz uchun, oilalarimiz va Jahon chempionatida Italiyani ko‘ra olmaydigan barcha italiyalik bolalar uchun ulkan umidsizlikdir. Yosh futbolchilarning ko‘z yoshlarini ko‘rish juda og‘ir, ammo ularning kelajagi porloq deb hisoblayman.

Shaxsan men uchun bu Jahon chempionatiga chiqish uchun so‘nggi imkoniyat edi, biroq hozir butun Italiya uchun qayg‘udaman», — deya Spinatsolaning so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi o‘z tarixida ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatining final bosqichidan quruq qolmoqda. Avvalroq «Adzurra» 2018 va 2022 yillardagi jahon birinchiliklarida ham ishtirok eta olmagan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting