Leon Goretska faoliyatini «Milan»da davom ettiradi — manba
Germaniyalik yarimhimoyachi Leon Goretska Myunxenning «Bavariya» klubini tark etgach, «Milan» bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda ESPN jurnalisti Xaver Rodriges Paskual xabar bermoqda.
Avvalroq Germaniya terma jamoasi a’zosi joriy mavsum yakunida «Bavariya»dan ketishini ma’lum qilgan edi. Futbolchi 2018 yildan buyon myunxenliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.
Joriy mavsumda 31 yoshli Goretska klub safida barcha turnirlar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda «Milan» 67 ochko bilan Italiya A Seriyasi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.