locale OZ

Lenart Karl jarohat oldi: U JCh-2026'ni o‘tkazib yuborishi mumkin

Boʻlajak mundial 11-iyundan 19-iyulga qadar boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lenart Karl jarohat oldi: U JCh-2026'ni o‘tkazib yuborishi mumkin
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lenart Karl milliy terma jamoaning mashg‘ulotlaridan birida jarohat oldi.

«Lenart Karl bugungi mashg‘ulotda jarohat oldi. Jarohat unchalik yaxshi ko‘rinmayapti. Uni keyingi tekshiruvlar uchun shifoxonaga yuborishdi. Biz yakuniy tashxis qo‘yilishini kutishimiz va uning jahon chempionatiga borish-bormasligini yoki uning o‘rniga boshqa futbolchi izlashimiz kerakligini bilib olishimiz lozim», — deya bundestim bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning so‘zlarini keltirmoqda ESPN nashri.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 musobaqasida Germaniya terma jamoasi «E» guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting