Lempard sobiq jamoasini boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images
“Koventri” bosh murabbiyi Frenk Lempard APLda ish boshlashi mumkin, deya xabar bermoqda Football Insider.
Manbaga ko‘ra, 47 yoshli ingliz mutaxassisiga “West Ham” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Lempard futbolchilik faoliyati davomida “bolg‘achilar” safida o‘ynagan.
Hozirda klubni Grem Potter boshqaryapti. Qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqishi kutilmoqda. U ketadigan bo‘lsa, Frenk asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sobiq futbolchi APL doirasida “Chelsea”ni boshqargan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist