Lempard «Kristal Pelas» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
«Koventri» 47 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Chempionshipda g‘olib bo‘ldi.
ФОТО: Getty images
«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard Chempionshipdagi muvaffaqiyatdan so‘ng «Kristal Pelas»ni boshqarishi mumkin. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
«Koventri» 47 yoshli mutaxassis qo‘l ostida Chempionshipda g‘olib bo‘ldi. Biroq endilikda Frenk bilan boshqa jamoalar ham hamkorlik qilish niyatida.
Qayd etilishicha, «Kristal Pelas» Lempardni mavsum yakunida jamoani tark etadigan Oliver Glasner o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Ma’lumot uchun, ingliz mutaxassisi 2024 yil noyabr oyidan buyon «Koventri»ni boshqarib kelmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist