locale OZ

Lempard «Chelsi»ga qaytishi mumkin

Lempard 2019-2021 yillar davomida ham London klubini boshqargan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lempard «Chelsi»ga qaytishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Koventri” jamoasini 25 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premer-ligasiga olib chiqqan Frenk Lempard faoliyatini yana sobiq klubida davom ettirishi mumkin.

The Sun tarqatgan xabarga ko‘ra, u “Chelsi”ni boshqarish uchun nomzodlar qatoridan joy egalladi.

Ma’lumot uchun, Lempard 2019-2021 yillar davomida ham London klubini boshqargan edi.

O‘z navbatida, “Koventri” rahbariyati mutaxassisni jamoada saqlab qolishga harakat qilmoqda. Klub prezidenti Dug King murabbiyning kelajagi borasida shunday dedi:

“Frenk bu yerda baxtli, unga shahar yoqadi. Albatta, qandaydir favqulodda kutilmagan taklif bo‘lishi mumkin, lekin bu haqida hozircha izoh bera olmayman. U — ajoyib murabbiy”, - dedi King.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting