Lempard boshqaruvidagi «Koventri Siti» jamoasi APLga yoʻllanma oldi
«Chelsi»ning sobiq sardori va murabbiyi Frenk Lempard boshqarayotgan «Koventri Siti» jamoasi «Blekbern Rovers» bilan durang o‘ynadi (1:1) va chempionat yakunlanishiga uch tur qolganida Angliya Premyer-ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Hozirgi vaqtda «Koventri» 43 ta o‘yin o‘tkazib, 86 ochko jamlagan holda Chempionship turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Ipsvich Taun» Lempard jamoasidan 11 ochko ortda qolmoqda, biroq ularda zaxirada yana ikkita o‘yin mavjud. APLga chiqish huquqi uchun pley-off zonasida esa «Milluoll» (73), «Sautgempton» (72), «Midlsbro» (72) va «Xall Siti» (68) jamoalari bormoqda.
Frenk Lempard 2024 yilning noyabr oyidan buyon «Koventri Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa jami 79 ta uchrashuv o‘tkazib, shularning 43 tasida g‘alaba qozondi va 16 bor durang qayd etdi.