Lempard boshqaruvidagi «Koventri Siti» Chempionship'da gʻolib boʻldi
Frenk Lempard boshqaruvidagi «Koventri Siti» jamoasi 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Chempionshipi g‘olibiga aylandi.
Seshanba kuni oqshomida «Koventri» jamoasi «Portsmut»ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba evaziga klub chempionat yakunlanishiga ikki tur qolganda turnir jadvalida ta’qibchilar uchun yetib bo‘lmas darajaga chiqib oldi va ikkinchi divizion chempionligini naqd qildi.
O‘tgan dam olish kunlarida esa klub «Blekbern Rovers» bilan durang (1:1) o‘ynab, muddatidan oldin Angliya Premyer-ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa, «Koventri» oradan 25 yil o‘tib yana elit divizionga qaytadigan bo‘ldi.
«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Ma’lumot uchun, Lempard 2024 yilning noyabr oyidan buyon «Koventri»ni boshqarib kelmoqda. U bungacha «Derbi Kaunti», «Chelsi» va «Everton» kabi klublarda faoliyat yuritgan.