locale OZ

«Legionerlar borasida to‘g‘ri tanlov qildik deb umid qilaman» – Vadim Abramov

Samarqandliklar g‘alaba qozondi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Legionerlar borasida to‘g‘ri tanlov qildik deb umid qilaman» – Vadim Abramov
Фото: Динамо ПФК

“Dinamo” – “Qaysar” (3:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

“Yaxshi sparring raqib bo‘ldi, aynan shunday o‘yinlar uchun ham shu yerdamiz. Yigitlar ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qilib, o‘z ishlarini qilishdi. Bu menga yoqdi. Ehtimol, ilk daqiqadaoq gol urganimiz sabab raqibning kuchiga to‘g‘ri baho bera olmadik. Ikkinchi bo‘lim nazoratimiz ostida o‘tdi.

Yangi o‘yinchilar haqida? Maydonga tushgan har bir futbolchi o‘ziga bildirgan ishonchni oqladi, deyish mumkin. O‘ylaymanki, legionerlar borasida to‘g‘ri tanlov qildik. Ularning ayrimlari hali sport formasida emas, ammo harakatidan ularning o‘ynay olishini sezish mumkin”, – dedi Vadim Karlenovich Qozog‘iston klubi ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting