«Leeds» Justinning transferini e'lon qildi
Фото: Getty Images
Lester futbolchisi James Justin faoliyatini Leedsda davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, transfer qiymati 8 million funtni tashkil etgan. Shuningdek, "tulchilar" yana 2 million yevro bonus oladi.
27 yoshli futbolchi esa yangi jamoasi bilan 4 yillik bitim tuzdi. Leeds yozgi transfer oynasidagi 10-xaridini amalga oshirdi.
Angliyalik himoyachi o'tgan mavsum APLda Lester tarkibida 36 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist