«Lechche» Edinson Kavanini Yevropaga qaytarmoqchi
Italiyaning “Lechche” klubi tajribali hujumchi Edinson Kavanini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat boshladi. Bu haqida Corriere del Mezzogiorno xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, urugvaylik forvard yaqinda Argentinaning “Boka Huniors” klubini tark etgan va hozircha professional faoliyatini yakunlash niyatida emas. “Lechche” rahbariyati allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan.
Kavani avval ham Italiya janubida to‘p surgan bo‘lib, u “Napoli” sharafini himoya qilgan. Biroq hozir u yana A Seriyaga qaytib, nisbatan kamtarroq maqsadlarga ega jamoaga o‘tishga rozi bo‘ladimi yo‘qmi, bu hali noma’lum.
Faoliyati davomida Edinson Kavani “PSJ”, “Manchester Yunayted” va “Boca Huniors” kabi mashhur klublar safida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan.