locale OZ

Leau yozda «Milan»ni tark etishi mumkin

Uning italyan jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leau yozda «Milan»ni tark etishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Milan” vingeri Rafael Leau yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, “rossonerilar” portugaliyalik futbolchini yozgi transfer oynasida sotishga tayyor.

Hujumchiga “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Real” klublari qiziqish bildirmoqda. Milan klubi o‘z futbolchisining sotuvindan taxminan 60 million funt sterling ishlab olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Leau 2019 yilda “Lill”dan “Milan”ga 49 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning italyan jamoasi bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi Italiya klubi safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting