locale OZ

Leau yozda \"Milan\"ni tark etib, APLga yo'l olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leau yozda "Milan"ni tark etib, APLga yo'l olishi mumkin
Photo: Getty Images

“Chelsi” yozda “Milan” futbolchisi Rafael Leauni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Saymon Fillips ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, “Chelsi” 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga jiddiy qiziqmoqda. Londonliklar futbolchining agenti bilan suhbatlashib, ushbu bitim qiymati bo'yicha dastlabki muzokaralarni o'tkazgan.

Portugaliyalik futbolchining milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko'ra, uning transfer narxi 75 million yevroga teng.

Joriy mavsumda Rafael 46 o'yinda maydonga tushib, 11 gol urdi va 12 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting