Leau Portugaliya milliy jamoasi yig'inini tark etdi
Futbolchi kecha jismoniy holati yaxshi emasligi sabab mashg'ulotda qatnashmagan.
ФОТО: Getty images
“Milan” vingeri Rafael Leau Portugaliya terma jamoasi yig'inini tark etdi. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi kecha jismoniy holati yaxshi emasligi sabab mashg'ulotda qatnashmagan.
Shundan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Martines uni Italiyaga qaytarish qarorini qabul qildi.
Rafael jarohati sabab “rossonerilar” safida hali birorta o'yinda to'liq o'ynagani yo'q. Oxirgi ikki bahsda u ikkinchi bo'lim o'rtalarida zaxiradan maydonga tushirilgan.
Ma'lumot o'rnida, Portugaliya terma jamoasi seshanba kuni saralashning 8-turida Vengriya bilan bahs olib boradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist