Leau «Milan»ni tark etishga tayyor — manba
"Milan" vingeri Rafael Leau joriy yozda klubini tark etishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraniing ma'lumotiga ko'ra, portugaliyalik futbolchi endi jamoaning "daxlsiz" futbolchilari qatorida ko'rilmayapti.
"Milan" 27 yoshli futbolchi bo'yicha 40 million yevro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Hozir klub rahbariyati Leauga qiziqish bildirayotgan jamoalardan aniq takliflar kelishini kutmoqda.
Leau 2019 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha musobaqalarda 293 ta uchrashuv o'tkazib, 80 ta gol va 55 ta golli uzatma qayd etgan.
So'nggi haftalarda OAV uning xizmatlariga Turkiyaning "Galatasaray" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar bermoqda.
Leauning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.