locale OZ

Leau «Milan»dan «Galatasaroy»ga o‘tdi

Futbolchining bozordagi qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Leau «Milan»dan «Galatasaroy»ga o‘tdi
ФОТО: Getty images

«Milan» rasmiy sayti orqali hujumchi Rafael Leauning «Galatasaroy»ga doimiy ravishda transfer qilinganini ma’lum qildi.

Italiya klubi portugaliyalik futbolchiga «rossoneri» safidagi yetti mavsum davomida ko‘rsatgan professionalizmi va jamoaga bo‘lgan sadoqati uchun minnatdorlik bildirdi.

«Rafa» «Milan» tarkibida 2021/22 yilgi mavsumda Italiya chempionligi — Skudetto, shuningdek, 2024 yilda Italiya Superkubogida g‘olib chiqishda muhim hissa qo‘shgan.

Leau 2019 yilda «Lill»dan «Milan»ga ko‘chib o‘tgan edi. U italiyaliklar safida barcha musobaqalar doirasida 291 ta uchrashuvda maydonga tushib, 80 ta gol urdi va 65 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Shu tariqa, 27 yoshli futbolchining «Milan»dagi yetti yillik faoliyati yakunlandi. Endi Leau faoliyatini Turkiyaning amaldagi grandlaridan biri — «Galatasaroy»da davom ettiradi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozordagi qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting