Leau A Seriyaning dastlabki turini o'tkazib yuboradi
Фото: Getty Images
“Milan” hujumchisi Rafael Leau A Seriyaning birinchi turida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Jurnalist Janluka Di Marzioning xabar berishicha, 26 yoshli portugaliyalik futbolchi Italiya kubogi doirasida “Bari”ga qarshi bahsda jarohat olgan. Natijada u “Kremoneze”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, futbolchining boldir mushaklarida kichik jarohat borligi ma'lum qilingan.
Leau A Seriyaning ikkinchi turiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi. "Rossonerilar" 2-turda "Lecce" mehmoni bo‘ladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor