locale OZ

Laziz Abduraimov – «Buxoro» jamoasi futbolchisi

U-17 terma jamoasi safida 14 uchrashuvda 8 bor to’p kiritgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Laziz Abduraimov – «Buxoro» jamoasi futbolchisi
Фото: Бухоро ПФК

O’zbekiston U-17 terma jamoasining yetakchi o’yinchisi, mavsumning dastlabki qismini Bunyodkor-2 safida o’tkazgan hujumchi Laziz Abduraimov “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi!

Birinchi liga chempioni Laziz Abduraimov 2009-yilda tavallud topgan. Shu kunga qadar “Olimpiya”, “Zamin” hamda “Bunyodkor-2” klublari sharafini himoya qilgan. U-17 terma jamoasi safida 14 uchrashuvda 8 bor to’p kiritgan.

“Laziz Abduraimov o’z yosh toifasida Respublikamizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblanadi. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi iqtidorli yosh futbolchi bilan uzoq muddatli istiqbolni ko’zlagan holda shartnoma imzoladi. Uning yuqori salohiyati, mehnatsevarligi va kelajakda jamoaning muhim a’zolaridan biriga aylanish imkoniyati ushbu qarorning asosiy omillaridan biri bo’ldi”, - deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting