locale OZ

Lautaro Martinez Argentina afsonasini ortda qoldirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lautaro Martinez Argentina afsonasini ortda qoldirdi
Фото: Yahoo Sports

Lautaro Martinez Argentina terma jamoasi to‘purarlar ro‘yxatida Diego Maradonani ortda qoldirdi.

"Inter" hujumchisi JCh-2026 saralashidan o‘rin olgan Venesuelaga (3:0) qarshi o‘yinda gol urdi.

Natasiada uning Argentina terma jamoasidagi gollari soni 33 taga yetdi. U bu ko‘rsatkich bo‘yicha Argentina futbolining afsonasi Diego Maradonani ortda qoldirib, beshinchi o‘ringa chiqib oldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu natijaga erishish uchun Martinezga 71 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Maradona 84 ta o‘yinda 32 ta gol urgandi.

Martinezdan oldinda Hernan Krespo (35 gol, 64 o‘yin), Serxio Aguero (101 o‘yinda 42 to‘p), Gabriel Batistuta (54 gol, 78 o‘yin) va Lionel Messi (114 gol, 194 o‘yin) bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting