Lautaro Martines safga qaytdi
Milanning «Inter» klubi sardori va hujumchisi Lautaro Martines mushak jarohatidan so‘ng to‘liq tiklandi. Argentinalik futbolchi A Seriya 31-turidan o‘rin olgan «Roma»ga qarshi bahsda «neradzurrilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Uchrashuv yakshanba, 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» forvardi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi doirasidagi «Budyo-Glimt»ga (1:3) qarshi dastlabki uchrashuvda jarohat olgan edi va qariyb bir yarim oy davomida maydonga tusha olmadi.
Joriy mavsumda Martines klub miqyosida barcha turnirlar doirasida 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ayni damda «Inter» 69 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.