locale OZ

Lautaro Martines: «Mening yagona va aniq istagim — «Inter»da qolish»

29 yoshli hujumchining bozor qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.
Lautaro Martines: «Mening yagona va aniq istagim — «Inter»da qolish»
ФОТО: Getty images

«Inter» sardori Lautaro Martines yozda «Barselona» tomonidan unga qiziqish bo‘lgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Barselona»ning qiziqishi menda faxr tuyg‘usini uyg‘otdi, ammo men shu yerda qolishni xohlayman. Mening yagona va aniq istagim — «Inter»da qolish. Men bu klubni, bu yerdagi insonlarni va muxlislarni yaxshi ko‘raman. Ular meni qancha vaqt xohlashsa, shuncha vaqt shu yerda bo‘laman», — dedi Martines Sky nashriga.

Lautaro 2018 yildan buyon «Inter» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining Milan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. 29 yoshli hujumchining bozor qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting