locale OZ

Lautaro Martines «Barselona»ga o‘tish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda

«Inter» hujumchisi qishki transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Lautaro Martines «Barselona»ga o‘tish imkoniyatlarini oʻrganib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Inter» sardori Lautaro Martines faoliyatini «Barselona»da davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi kataloniyaliklar safida Robert Levandovskiga uzoq muddatli o‘rinbosar bo‘lishni maqsad qilgan.

Joriy mavsumda Levandovski «Barselona» safida barcha musobaqalarda 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Lautaro Martines esa joriy mavsumda «Inter» tarkibida barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Martinesning Milan klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting