Lautaro: \"Hisob yirik bo‘lsa-da, jamoam bilan faxrlanaman\"
"Inter" final bahsida "PSJ"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Photo: Getty Images
“Inter” sardori Lautaro Martinez jamoasining Chempionlar ligasi finalida “PSJ”dan (0:5) uchragan mag‘lubiyati yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Biz tayyorgarlik davomida rejalashtirgan hech bir ishni amalga oshira olmadik. “PSJ”ni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklayman. Ular yaxshi futbol o‘ynadi, xato qilmadi va munosib g‘alabaga erishdi.
Finalda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak-da, jamoam, murabbiyim va klubim bilan faxrlanaman. Baribir, yaxshi mavsum o‘tkazdik. Garchi hech qanday sovrin yutmagan bo‘lsak ham.
Endi qayta tiklanishimiz va oyoqqa turishimiz kerak. Biz butun kuchimizni muhim o‘yinlarga bag‘ishladik. Natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, men klubimdan faxrlanaman", — dedi “Inter” futbolchisi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist