locale OZ

\"Latsio\" Xames Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Kolumbiyalik futbolchi hozirda erkin agent maqomida yuribdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
"Latsio" Xames Rodrigesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Rimning "Latsio" klubi Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesni transfer qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Rudi Galetti xabar bermoqda.

35 yoshli futbolchi "Minnesota Yunayted" klubini tark etganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lib turibdi va u JCh-2026 turnirida o‘zini juda yaxshi ko‘rsatishga ulgurdi.

Kolumbiya terma jamoasi sardori hisoblangan Rodriges Jahon chempionatidagi yorqin o‘yinlaridan keyin yana bir bor Yevropa klublari e’tiborini tortdi. MLSga ko‘chib o‘tishdan avval kolumbiyalik pleymeyker Madridning "Real", Myunxenning "Bavariya", "Everton", "Olimpiakos" va boshqa bir qator nomdor jamoalar sharafini himoya qilgan. Terma jamoa safida 100 dan ortiq o‘yinda maydonga tushgan Xames hamon tarkibdagi eng tajribali o‘yinchilardan biri bo‘lib qolmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, "Latsio" rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlar qatori Rodriges variantini ham diqqat bilan o‘rganmoqda. Italiya klubi hujumkorlikda kreativlikni oshirishni maqsad qilgan va tarkibni tezda kuchaytira oladigan tajribali futbolchilarni qidirmoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting