«Latsio» Raul Asensioni kuzatmoqda
Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio Italiyaning "Latsio" klubi transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi Asensioni Qatarning "Al-Sadd" jamoasiga o‘tgan Alessio Romanyoli o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, "Latsio" rahbariyati 23 yoshli himoyachining ehtimoliy transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Kelishuv qiymati taxminan 20 million yevro bo‘lishi mumkin. Biroq futbolchining o‘zi hozircha "Real"da qolishni istamoqda.
Raul Asensio o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik himoyachining bozor qiymati ham 20 million yevroga baholanmoqda.