locale OZ

«Latsio» rahbariyati Jennaro Gattuzo bilan uchrashuv o‘tkazdi

Italiyaning sobiq bosh murabbiyi Sarrining oʻrnini egallashga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Latsio» rahbariyati Jennaro Gattuzo bilan uchrashuv o‘tkazdi
FOTO: Getty Images

Jennaro Gattuzo «Latsio» rahbariyati bilan uchrashish uchun klub qarorgohiga yetib keldi, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport. Avvalroq, Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Rim klubida Mauritsio Sarrining o‘rnini egallashga yaqin ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, chorshanba kuni kunduzi Gattuzo «Latsio» mashg‘ulot bazasiga tashrif buyurib, klub rahbariyati bilan uchrashgan va shartnomaning so‘nggi detallarini kelishib olgan. Shuningdek, Gattuzo rahbariyat bilan tarkibni shakllantirish hamda transfer strategiyasini ham muhokama qilgani qayd etilgan. Manbaning ta’kidlashicha, mutaxassis allaqachon jamoaning bir nechta futbolchilari bilan suhbatlashishga ham ulgurgan.

48 yoshli Gattuzo JCh-2026 saralashining final bosqichida Bosniya va Gersegovina terma jamoasidan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (1:1, penaltilar bo‘yicha 1:4) Italiya bosh jamoasini tark etgan edi. Shu tariqa, Italiya ketma-ket uchinchi bor dunyo birinchiligini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Ortda qolgan 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Latsio» Italiya A Seriyasida 54 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting