«Latsio» Ikardi bilan bog'landi
"Latsio" argentinalik hujumchi Mauro Ikardini taklif qilish variantini ko'rib chiqmoqda. Rim klubi sport direktori Anjelo Fabiani 33 yoshli futbolchi bilan allaqachon muloqot qilgani haqida Sky Sport xabar bermoqda.
Ikardi "Galatasaray" bilan shartnomasi tugagach, iyul oyidan beri erkin agent maqomida turibdi. "Latsio" argentinalik futbolchining faoliyatini Rimda davom ettirishga tayyorligini bilmoqchi.
Futbolchining moliyaviy talabari asosiy to'siqlardan biriga aylanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Ikardi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubdan taklif olishni xohlamoqda.
"Galatasaray"dan tashqari, Ikardi "Inter", "PSJ" va "Sampdoriya" sharafini himoya qilgan, Italiya hamda Turkiya chempionatlarida eng yaxshi to'purari va eng yaxshi o'yinchi bo'lgan. O'tgan mavsumda u 47 ta o'yinda 16 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.