Larsen «Vulverxempton» tarixida 1987 yildan beri ilk bor Angliya Kubogida xet-trik qayd etgan futbolchiga aylandi
Norvegiyalik hujumchi Yorgen Strann Larsеn «Vulverxempton» tarixida 1987 yildan beri Angliya Kubogida xet-trik qayd etgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Oʻsha yilning noyabr oyida «Cheltnem Taun»ga qarshi o‘yinda bunday natijaga klub afsonasi Stiv Bull erishgan edi, deya xabar beradi OptaJoe.
Larsen xet-trikni Angliya Kubogining uchinchi bosqichida «Shrusberi Taun»ga qarshi o‘yinda qayd etdi. «Bo‘rilar» ushbu bahsda 6:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Joriy mavsumda Larsеn 23 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq, Londonning «Tottenhem» klubi 25 yoshli norvegiyalik futbolchiga qiziqish bildirgani xabar qilingan edi. «Vulverhempton» yozgi transfer oynasida Larsenga qiziqish bildirgan klublar bilan muzokara qilishi mumkin, ammo faqat o‘zlarini qoniqtiradigan narxda.