locale OZ

Laporta: «PSJ» Yamalga rekord darajadagi narx taklif qildi, biroq biz rad javobini berdik»

«Barselona» prezidenti parijliklar Yamalni sotib olishga uringani haqida gapirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Laporta: «PSJ» Yamalga rekord darajadagi narx taklif qildi, biroq biz rad javobini berdik»
FOTO: Getty Images

«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta «Pari Sen-Jermen» jamoasi vinger Lamin Yamalni sotib olishga uringani haqidagi ma’lumotni ochiqladi. Klub prezidentligi uchun o‘tkazilgan debat davomida Laporta bu taklif rad etilganini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Parij klubi yosh iqtidor egasi uchun rekord darajadagi mablag‘ taklif qilgan.

«Men faxrlanadigan ishlardan biri shuki, «PSJ» Yamal uchun 250 million yevro taklif qildi va biz bu taklifga «yo‘q» deb javob berdik. Uning klub bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan amaldagi shartnomasi bor», — dedi Laporta.

Ma’lum qilinishicha, ushbu taklif taxminan ikki yil avval, Yamal 17 yoshda bo‘lgan vaqtda kelib tushgan.

Hozirgi vaqtga kelib Lamin Yamal «Barselona» safida barcha musobaqalarda jami 142 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Uning hisobida 44 ta gol va 49 ta golli uzatma mavjud.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting