Laporta «Barselona» prezidentligi uchun oʻtkazilgan saylovda gʻalaba qozondi — Romano
Taniqli jurnalist va insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 15 martdan 16 martga o‘tar kechasi yakunlangan «Barselona» prezidentlik saylovlarining rasmiy natijalarini e’lon qildi.
«Joan Laporta «Barselona» prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozondi! Laporta o‘z vazifasini bajarishga kirishdi va bugungi ovoz berish jarayonidan so‘ng klubdagi faoliyatini yangi bosqichda davom ettiradi», — deb yozadi Romano.
Shu tariqa, Joan Laporta ushbu lavozimga uchinchi bor saylandi. Ispaniyalik mutaxassis 2003 yildan 2010 yilgacha, shuningdek, 2021 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davrda ham «ko‘k-anorranglilar»ga rahbarlik qilgan.
G‘olib nomzod 1 iyuldan o‘z vazifasiga rasman kirishadi va Kataloniya klubini 2031 yilga qadar boshqaradi. Ta’kidlash joizki, ushbu saylovlarda Laportaning asosiy raqibi Viktor Font bo‘lgan edi.