locale OZ

Laport sobiq jamoasiga qaytishga tayyor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Laport sobiq jamoasiga qaytishga tayyor
Photo: Getty Images

Bilbaoning "Atletik" klubi "An-Nasr" markaziy himoyachisi Emerik Laportni ortga qaytarish ishlarini boshlab yubordi.

Bir necha kun avval klub va futbolchining vakillari o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi. Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. 31 yoshli himoyachi ham La Ligaga qaytishga tayyor.

Emerik Laport 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonida to‘p tepib kelmoqda. Oldingi besh yil davomida u "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan va faoliyatining boshida "Atletik"da o‘ynagan hamda u yerda 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan. Transfermarkt portalida futbolchining narxi – 15 mln yevro.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting