“Lans” PSJ'ni mag‘lub etib, Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Bahsdagi yagona gol 32-daqiqada Floran Toven tomonidan kiritildi.
Foto: Getty Images
2026-yilgi Fransiya Superkubogi finalida “Lans” PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, sovrin sohibiga aylandi. Uchrashuv “Lans”ning “Bollar-Delelis” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Bahsdagi yagona gol 32-daqiqada Floran Toven tomonidan kiritildi. 39-daqiqada esa “Lans” himoyachisi Killian Antonio qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam qoldirdi.
Shunga qaramay, mezbonlar qolgan daqiqalarda hisobdagi ustunlikni saqlab qoldi. Uchrashuvning 86-daqiqasida PSJ himoyachisi Nunu Mendesh ham maydondan chetlatildi.
Shu tariqa, “Lans” o‘z tarixida ilk bor Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. PSJ esa so‘nggi besh yil ichida birinchi marta mazkur sovringa ega chiqa olmadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist